Buxoro muhandislik-texnologiya institutida "Yangi yil" bayramiga bag'ishlangan tadbir o'tkazildi.

  Unda mas’ullar, institut xodimlari, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

  Tadbir davomida 60 nafarga yaqin xodim yil davomida mehnat vazifalarini bajarishdagi mas’uliyati, halol va vijdonan mehnat qilganligi, korxona ijtimoiy hayotidagi faolligi uchun “Eng namunali xodim” statuetkasi hamda rag’batlantirish pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Shuningdek, yil davomida samarali mehnat qilgan bo'limlar, fakultetlar, kafedralarga zamonaviy kompyuterlar berildi.

 Bayramda har bir fakultet tomonidan sohaga oid korgazmalar tashkil etilib, turli xil ertaklar, sahna ko‘rinishlari tomoshabinlarga namoyish etildi. Ayniqsa, mahoratli oshpazlar tomonidan tayyorlangan “Shohona taom” barcha bolajonlarga manzur bo'ldi.