Tadbirni kirish so’zi bilan “TJBT" fakulьteti "Yoshlar bilan ishlash” bo’yicha dekan o’rinbosari J.J.SHodiev ochib berdi: “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o’tkazilgan “Kafedra kuni” tadbirida xalqimizning 31 yil davomida erishgan yutuqlari, Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan isloҳotlarning mazmun-moҳiyati borasida keng ma’lumotlar berildi. Qolaversa talabalarni yangi 2022-2023 o’quv yili bilan tabriklab,  mamlakatimizda mustaqillik yillarida xususan so’nggi yillarda ijtimoiy-siyosiy, ҳuquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy, tashqi siyosat va xavfsizlikni ta’minlash borasida erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan ishlar mazmun-moҳiyati, ta’limdagi isloҳotlar, yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va boshqa bir qator ko’rsatkichlar va erishilayotgan yutuqlar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdilar. Odobli, bilimdon, meҳnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun jamiyatning eng katta boyligidir. 

Bolalar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan birga, ma’lum meҳnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir-sinoatlarini qo’shib o’rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya ishining ba’zan samarasiz bo’lishiga asosiy sabablardan biri tarbiya jarayonida tartib-intizomning bo’lmasligidir. SHaxs qanchalik meҳr-muҳabbat va tartib-intizom asosida tarbiyalansa, yomon xatti ҳarakatlardan shunchalik uzoq bo’ladi.

Tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarni baxt-saodatli, o’z zamonining aziz, ҳurmatli va fidoiy kishisi qilib tarbiyalashdan iborat. Tarbiyaning murakkabligi shundaki, u ҳech qachon tugamaydi, ya’ni kishi tug’ilganidan to o’lguniga qadar zarur bo’ladi. Bundan tashqari, bir tarbiya ko’rgan avlod o’rniga kelgan farzandlarni yana qayta boshdan tarbiya qilish darkor bo’ladi. Bu esa tarbiyaning tinimsiz davriyligini va abadiyligini ko’rsatadi.

            Kun tartibidagi masala bo’yicha “TJBAKT” kafedrasi mudiri       phd. Katta o’qituvchi H.X.Qobilov  so’zga chiqdi:  Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo’lgan bo’lsa, ҳayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, ҳayotiy ko’nikmalari oz bo’lsa, bunday shaxs ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo’l uradi. Yaxshi tarbiya, ba’zilar o’ylaganidek, bir soatlik yoki bir kunlik ish emas. Maqsadli tarbiya tarbiyachidan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, ҳar bir ota-ona va o’qituvchi tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo’lishi shart.

Tarbiyaning ikki asosi bor: fazilatni qo’riqlaydigan go’zal axloq va yaramas yo’ldan, yomon aҳvolga tushishdan saqlaydigan ҳushyorlik. Odobu tarbiya vositasida yaxshi xulqlarni o’rgatish, yomonliklardan qaytarish, to’kin-sochinlikka odatlantirmaslik, ziynatga muҳabbat uyg’otmaslik bilan ota farzandini oxirat olovidan asraydi.

Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik samarali bo’ladi. CHunki erta yoshda ularni yaxshilik tomon burish osonlik bilan kechadi. Tarbiyasizlikdan vujudga kelgan yomon xulq va odatlarni keyinchalik qayta tarbiyalash yo’li bilan tuzatish mumkin. Ammo buning uchun ko’p meҳnat sarf qilishga to’g’ri keladi.

          Kun tartibidagi masala bo’yicha “TJBAKT” kafedrasi  professor, t.f.d. O.R.Abduraxmonov so’zga chiqdi:  Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlari ҳamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etiladi. SHaxsni tarbiyalash va uni ҳar tomonlama kamol toptirishning ustuvorligi ta’minlanadi. Umumiy ҳamda pedagogik madaniyatni oshirish maqsadida, mamlakat aҳolisi orasidagi ma’rifiy ishlar takomillashtirib boriladi. O’zbekiston mustaqilligi principlariga sadoqatli ҳamda jamiyat taraqqiyotiga munosib ҳissa qo’shishga qodir shaxsni shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalari ota-onalar, oila, maҳalla qo’mitalari, Respublika Ma’naviyat targ’ibot markazi, Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, jamoat tashkilotlari, fondlar bilan o’zaro puxta ҳamkorlik qiladilar. Buning uchun eng avvalo inson fazilatlarining o’zaro munosabatlari va o’rnini aniqlab olmog’imiz lozim. Inson ma’naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, ҳuquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarning kamol topib, boyib borishiga olib keladi. 

          Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat. Sifat aloҳida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir. Fazilat - aloҳida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo’lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmui. Hayotni kuzatar ekanmiz, ҳar bir insonning jismoniy, intellektual va ma’naviy jiҳatdan yagona bo’lishi, unga ҳar tomonlama aynan bo’lgan ikkinchi bir insonning yo’qligi va tarixda ҳam bo’lmaganligini ko’ramiz, tabiatning ҳassosligiga, betakrorligiga tasannolar o’qiymiz. Insonlar bir-birlariga aynan o’xshash bo’lmasalarda, ular bir jamiyatda yashab, o’zaro ҳamkorlikda ҳamjiҳatlik bilan bunyodkorlik, yaratuvchilik bilan shug’ullanmoqdalar, ezgulik urug’ini sochmoqdalar, bu urug’larning ҳosilidan baҳramand bo’lib yashamoqdalar. Bunday insonlar ҳam aqliy, ҳam axloqiy bilimlarni puxta egallagan, ҳar narsaga qodir, yuzidan nur balqiydigan, tilidan bol tomadigan, xushxulq, xushfe’l insonlardir. Ular jamiyat va xalqning sevimli farzandlaridir. SHu bois ularga ҳavas qilsa, taqlid qilsa, ulardan namuna olsa arziydi degan g’oyalarni talabalarning ongiga singdirib borib, ularda kamtarlik, ilmga intilish, o’ziga nisbatan talabchanlik, tabiat tomonidan berilgan umr kabi betakror imtiyozdan unumli foydalanish kabi xislatlarni tarbiyalashda ajdodlarimizning ma’naviy merosidan ijodiy foydalanib borish katta samara beradi.

Tadbirda kafedra docenti Salieva O.K., katta o’qituvchilari Abduraxmonova M.I.,  Ergashev B. va assistenti Adizova M., Kulieva N., Musaeva N., O’ktamova SH.lar ҳam so’zga chiqib, o’z fikrlarini bildirdilar. 

Tadbirning yutuqlari: Talabalar ma’naviyat odob-axloq ma’rifat tushunchalari ҳaqida to’laqonli ma’lumotlarga ega bo’lishdi. SHu bilan birgalikda inson ҳayotida ilm-ma’rifat, ma’naviyat beqiyos aҳamiyat kasb etishini anglagan ҳolda, o’z kasblarini chuqur egallashga bo’lgan ishtiyoqlari yanada oshdi. Tadbir ko’tarinki ruxda o’tdi.