Xushxabar

 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Barqarorlikni ta’minlashga intilgan universitetlarning global reytingida (UI GreenMetric World University Rankings 2024) 858 o’rinni egalladi.

 Ushbu reyting jahondagi oliygohlarning barqarorlik ko‘rsatkichlarini baholash uchun mo‘ljallangan global universitet reyting tizimiga aylandi.

  UI GreenMetric World University Rankings reytingining maqsadi – butun dunyo oliygohlaridagi ekologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini takomillashtirishdir. Shuningdek manfaatdor tomonlarning e’tiborini jalb qilish orqali global iqlim o‘zgarishi, toza energiya, suvni tejash, chiqindilarni qayta ishlash, toza transport, barqarorlik bo‘yicha ta’lim va tadqiqotlarga ko‘proq e’tibor qaratilishini ta’minlashdan iborat.