#XUSHXABAR #TOPREYTING
O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingidan joy egalladi. Ushbu eng yaxshi oliy ta'lim muassasalari qatoridan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ham o'rin oldi!
6-noyabr kuni Oliy ta’lim sohasidagi global tahlil agentligi (QS Quacquarelli Symonds) Osiyoning eng yaxshi universitetlari reytingining o‘n oltinchi yillik nashri – QS Asia University Rankings 2025’ni e’lon qildi. Reyting natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining sezilarli darajada olg‘a siljigani bilan e’tiborga molik. 2025-yilgi Osiyoning eng yaxshi universitetlari yangi reytingiga O‘zbekistonning 23 ta oliy ta’lim muassasasi kiritilgan bo‘lib, bu mamlakatimiz oliy ta’limi tarixidagi mutlaq rekord hisoblanadi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutining barcha jamoasini ushbu yutuq bilan tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!