Xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati oʻrganildi

 Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-avgustdagi Xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahat kengashlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisidagi 316-sonli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida Respublika ishchi guruhi tomonidan oʻrganish ishlari olib borildi.

 Oʻrganish davomida institut Xotin-qizlar kengashi raisi va fakultet dekan maslahatchilarining reja asosida amalga oshirilayotgan ishlari, xotin-qizlar bilan ishlash tizimini toʻgʻri yoʻlga qoʻyganligi, xotin-qizlarning ta’lim va innovatsiyalar sohasidagi imkoniyatlari, ularning faoliyati hamda erishayotgan yutuqlarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlari tahlil qilindi.