Xitoy-O‘zbekiston ilmiy tadqiqot markazi tashkil etildi

 Institutda tashkil etilgan Xitoy-O'zbekiston moyli xomashyolarni qayta ishlash va qo‘shimcha mahsulotlardan kompleks foydalanish  ilmiy tadqiqot markaziga Xitoy delegatsiyasi rahbari professor Aymin Shi hamda loyiha rahbari professor Sin Guo tashrif buyurdi.

 Xitoy Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining Oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi instituti va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida tuzilgan kelishuv doirasida 2024-yil 9-10 oktyabr kunlari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Xitoy-O‘zbekiston loyihalari almashinuvi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 

Dastlab, institut rektori Sadoqat Siddiqova Xitoy delegatsiyasiga institutda yaratilgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari va ularda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berdi hamda ushbu loyihaning ham O‘zbekiston va Xitoy ilm-fani hamda iqtisodiyotining rivojlanishiga hissa qo‘shishini aytib o‘tdi.

 Xitoy delegatsiyasi rahbari professor Aymin Shi institutimiz rektori va O‘zbekistonlik loyiha ishtirokchilariga ushbu uchrashuvni tashkil qilganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Undan keyin O‘zbekiston va Xitoy loyihaning borishi haqida Xitoydan loyiha rahbari professor Sin Guo va O‘zbekistondan loyiha rahbari professor Кarim Gafurov hisobot berdilar va uchrashuv qatnashchilari tomonidan savol-javob va munozaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida hozirgacha ikkala hamkor tomonlaridan bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga ijobiy baho berilib, kelgusidagi bajariladigan ishlar belgilab olindi.

Uchrashuv yakunida Buxoro muhandislik-texnologiya institutida faoliyat olib borilayotgan Moyli xomashyolarni qayta ishlash va qo‘shimcha mahsulotlardan kompleks foydalanish Xitoy-O‘zbekiston ilmiy tadqiqot markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.