Hozirgi kunda volontyorlik harakati dunyoda keng tarqalayotgan mashhur sohalardan biridir. Bunda ma’lum bir ezgu maqsad yo‘lida jamiyatda har xil muammoga duch kelgan, yordamga muhtoj insonlarga, ularning hayoti har tomonlama yaxshilanishiga qaratilgan bepul xizmat ko‘rsatiladi.

  Bugun Buxoro davlat tibbiyot institutida 5-dekabr “Xalqaro volontyorlar kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda viloyatimizdagi barcha OTM rektorlari va mas’ullari ishtirok etdi.

  Tadbirda O‘zbekistonda volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi. BMTI Talabalar kengashi raisi  Jasurbek G'afforov O'zbekiston volontyorlar assotsiatsiyasi tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

  Shuningdek, Buxoro muhandislik - texnologiya instituti hamda O'zbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi o’rtasida hamkorlik bitmi imzolandi.