Buxoro muhandislik-texnologiya instituti dotsenti 

Oltiyev Azim To'yqulovich Belgiyada xizmat safarida bo'lib qaytdi.

Belgiya ta'lim kengashining 1-seminar treningi Bryussel (Belgiya) shahrida bo'lib o'tdi. Ushbu Kengash dasturi O'zbekiston Oliy Ta'lim muassasalarini Yevropaning nufuzli institutlari bilan hamkorlik o'rnatish, hamkor loyihalarini qo'lga kiritish va Oliy ta'lim muassasasini dunyoga tanitish, mavqeyini oshirish, xalqaro reytinglarda munosib o'rin egallash,  ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, Yevropa OTM va ilmiy markazlarida professor-o'qituvchilarining tajriba almashish, malaka oshirish, talabalar bilan o'zaro  almashish, qisqa va uzoq muddatli stajirovka, diplomdan keyingi uzluksiz ta'limni yanada mukammallashtirishga bag'ishlangan bo'lib unda qator oliy ta'lim muassasalari vakillari qatori institutimizdan vakil sifatida A.T.Oltiyev ham ishtirok etdi.

  Ushbu tadbirda ikki tomonlama memorandum imzolanib,  institutimiz “Yevropa Ittifoqidagi Oʻzbekiston universitetlari konsorsiumi” ga a'zolikka qabul qilindi. Kelajakda Konsorsium orqali "Hornizon" dasturida grant tanlovlariga to'g'ridan-to'g'ri ishtirok qilish imkoniyatiga ega bo'lish imkoniyati yaratilish bo'yicha kelishib olindi.

 Bu dastur yordamida Yevropa OTM va ilmiy markazlarida professor-o'qituvchilarining tajriba almashish, malaka oshirish, talabalar bilan o'zaro  almashish, qisqa va uzoq muddatli stajirovka, diplomdan keyingi uzluksiz ta'limni tashkil qilish mumkin bo'ladi. Seminar-trening yakunida faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanishdi.