Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Neft va gaz sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

 Konferensiyaning asosiy maqsadi  – neft-kimyo, gaz va neftni qayta ishlash, kimyo texnologiyasi, neft-gaz muhandisligi sohasidagi ilmiy ishlarni muhokama qilish va ushbu sohadagi muammolarga yechim topishga qaratilgandir.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

-Assalomu alaykum Hurmatli konferensiya ishtirokchilari, Qadrli mehmonlar!
“Neft va gaz sanoatining dolzarb muammolari va istiqbollari” mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy konferensiyaning barcha ishtirokchi va qatnashchilarini samimiy qutlayman! 
Neft va tabiiy gaz zamonaviy global energiya bozorining muhim tarmoqlari ekanligini, jahon iqtisodiyotida asosiy yoqilg‘i manbalari sifatida ta’sirchan rol o‘ynashini ta’kidlamoqchiman.

O‘zbekiston neft va gaz uchun global energiya bozorida iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlik uchun muhim rol o‘ynaydi. Neft va gaz korxonalarining uzoq yillik ishlab chiqarish faoliyati boshqa tarmoqlar qatori mamlakatimiz hududlarini ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilmoqda.