O’zbekiston neft va gaz uchun global energiya bozorida iqtisodiy rivojlanish va raqobatbardoshlik uchun muhim rol o'ynaydi.
Neft va gaz korxonalarining uzoq yillik ishlab chiqarish faoliyati boshqa tarmoqlar qatori mamlakatimiz hududlarini ham ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
14-dekabr kuni “Whyndham” mehmonxonasida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, «O‘zbekneftgaz» AJ, "Uzbekiston GTL”, Enter engineering, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, O'zbekiston neft va gaz sanoati ilmiy-muhandislik jamiyati, LUKOIL kompaniyasi hamkorligida "Neft – gaz kimyosi va texnologiyasida muammolar, innovatsion takliflar va yechim" mavzusidagi Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjuman tashkil etildi.
Anjumanni tashkil etishdan maqsad Neft-gaz sanoatida yangi bosqich innovatsiyalarini yaratish, texnologik modernizatsiya va “yashil” texnologiyalarni joriy etish, bu borada kadrlar tayyorlashni takomillashtirish hisoblanadi.
Dastlab, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova so’zga chiqib, anjumanning barcha ishtirokchi va qatnashchilarini madaniyat, ilm-fan oʻchogʻi, Sharq gavhari, buyuk olimlar, mutafakkirlar yurti boʻlmish qadim Buxoroda samimiy qutladi.