Xabaringiz bor, BMTI delegatsiyasi Minsk shahrida o’tkazilayotgan O’zbekiston-Belorusiya Ta'lim Forumida qatnashmoqda.
Ushbu forumda institut rektori Sadoqat Siddiqova Belorusiya Respublikasining 5 ta oliy ta’lim muassasasi bilan tajriba almashish, ilmiy izlanishlar olib borish, stajirovkalarni amalga oshirish, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar almashinuvini yo’lga qo’yish, akademik izlanishni rivojlantirish maqsadida magistrantlar va talabalar almashinuvini amalga oshirish borasida hamkorlik shartnomasini imzoladi.
Buxoro muxandislik-texnologiya instituti hamda Belorus Milliy Texnika universiteti o’rtasida BMTI negizida Biotibbiyot muhandisligi bo‘yicha BMTU-BMTI qo‘shma ilmiy ishlab chiqarish markazi ochish, Ilmiy texnik loyihalarni tayyorlash va realizatsiya qilish, BMTI buyurtmasi asosida ilmiy ishlar olib borish, Qo‘shma ilmiy hamkorliklar asosida olib borilgan loyihalar natijalarini o‘quv jarayoniga moslashtirish va jalb qilish, Malaka oshirish va amaliyot dasturlarini BMTU va BMTI bazalarida olib borish rejalarini takomillashtirish, Qo‘shma innovatsion g‘oyalar asosida loyihalar tuzish va realizatsiya qilish, BMTU texnoparkining filialini BMTI negizida tashkil qilish borasida hamkorlik qilish borasida bitim imzolandi.
Forum doirasida Yevfrosiniy Polosk nomidagi Polosk davlat universiteti bilan Ilmiy- texnik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi. Shartnoma asosida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etish, Magistrlar va Aspirantlar o‘rtasida stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazalaridagi jurnallarda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Yevfrosiniy Polosk nomidagi Polosk davlat universitetlarining ilmiy maqolalarini chop etish, Yevfrosiniy Polosk nomidagi Polosk davlat universiteti Buxoro muxandislik-texnologiya institutining 5 nafar yosh pedagog mutaxasislarini aspiranturaga va 2 nafarini doktoranturaga grant asosida qabul qilishi hamda universitetning 10 nafar professor – o‘qituvchilarini Buxoro muhandislik-texnologiya institutining ta'lim jarayoniga jalb qilish borasida kelishib olindi.
Belarus davlat oziq- ovqat va kimyoviy texnologiyalar universiteti bilan Buxoro muxandislik-texnologiya instituti o‘rtasida ilmiy texnik hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Shartnoma asosida magistratura yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta'lim dasturlarini tashkil etish, magistrlar va aspirantlar o‘rtasida stajirovka va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va boshqa yo'nalishlarda kelishuvga erishildi.
Forum doirasida A.S. Pushkin nomidagi Brest davlat universiteti bilan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga asosan tomonlar talaba almashinuvi va professor - o‘qituvchilar amaliyoti va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, Qo‘shma ta'lim dasturlari bo‘yicha ishlash hamda ushbu dasturlarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro hamkorlikda o‘quv metodik va ilmiy elektron resurslardan tashkil topgan elektron kutubxona bo‘yicha hamkorlik olib borish hamda o‘zaro professor – o‘qituvchilarning ilmiy metodik konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, seminarlarini o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik mustahkamlandi.
Shuningdek, O’zbekiston-Belorus forumi doirasida Buxoro muhandislik-texnologiya instituti va Belorus davlat informatika va radioelektrotexnika universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashinuv memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandumga asosan tomonlar talaba almashinuvi va professor - o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, o’zaro hamkorlikda ilmiy metodik konferensiyalar, forumlar, simpoziumlar, seminarlar o‘tkazish hamda professor – o‘qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik yo’lga qo’yiladi.