Bugun "LUKOIL" kompaniyasining kadrlar bo‘limi boshlig‘i Mishustin Igor Sergeyevich hamda inson resurslari bo'yicha bo'lim boshlig'i
Almira Xasanovadan iborat delegatsiya institutga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida memorandum imzolash va ushbu memorandum yo'l-xaritasi muhokama etildi.
Shuningdek:
1)BMTI talabalarini Lukoil kompaniyasida dual ta'limini tashkil etish; 2) professor-o‘qituvchilar hamda talabalar amaliyotini LUKOIL bazalarida tashkil etish; 3)professor-o'qituvchilarning ilmiy izlanishlarini korxona mutaxassislari bilan birga amalga oshirish; 4)hamkorlikda ilmiy maqolalarni chiqarish; 5) memorandum imzolash masalalari bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Institut rektori Sadoqat Siddiqova tomonidan ushbu korxona faoliyatini targ'ib qilish hamda yaxshi kadr-mutaxassislarni jalb etish uchun "Lukoil kuni"ni tashkil etish taklifi berildi. Shuningdek, rektor tomonidan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida neft-gaz sohasidagi 3 ta kafedrada faoliyat yuritayotgan 80 nafar professor-o‘qituvchlarning 10 nafari fan doktori, 20 nafari fan nomzodi va falsafa doktorlari ekanligiga to‘xtalib, 4 ta bakalavr, 4 ta magistratura yo‘nalishida 1098 nafar mutaxassis tayyorlanayotganligini, 13 nafar ilmiy izlanuvchlar hamda 1 ta ilmiy kengash mavjudligi haqida ma'lumot berildi.