Xabaringiz bor, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Norbek Yo'ldashev hamda Kimyo kafedrasi mudiri Voxid Axmedov Tyumen Davlat Universitetida bo'lib turishibdi.

  Vakillarimiz xizmat safari davomida Tyumen Davlat Universiteti ilg'or muhandislik maktabidagi o'quv jarayonlarini to'liq o'rgandilar, o'quv reja va dasturlar bilan yaqindan tanishdilar.

  Shuningdek, olib borilgan muzokaralar davomida kelgusida BMTI da tashkil etiladigan “Kiberneftgaz” IMMning faoliyatini yo‘lga qo‘yishda TyumDU olimlari ishtirok etishi borasida kelishuvga erishildi.