Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Erjan Kaxya   tashrif buyurdi. Tashrif davomida 2 ta OTM o’rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

  Ushbu memorandumga asosan tomonlar talaba almashinuvi va professor - o‘qituvchilar stajirovkasi va malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, o’zaro hamkorlikda ilmiy metodik konferensiyalar,  forumlar, simpoziumlar, seminarlar o‘tkazish  hamda   professor – o‘qituvchilarning malakasini oshirish va stajirovka dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hamkorlik yo’lga qo’yiladi.

  Shuningdek, Erjan Kaxya BMTI Arxitektura-qurilish fakulteti mas’ullari bilan davra suhbati tashkil etib, unda Toshkent arxitektura-qurilish instituti haqida ma’lumot berdi.