Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Rossiya Federatsiyasining "Univer onlayn" IT kompaniyasi rahbari Elfiya Nazipovna va Senator Nurmuhammad Achilov  tashrif buyurib, rektor Sadoqat Siddiqova bilan muzokara olib borishdi.

  Muzokora davomida institutga bir necha xorijiy tillarda 24/7 rejimida  faoliyat olib boruvchi onlayn ta'lim platformani joriy qilish va ushbu platforma orqali xorijiy professor-o'qituvchilarni ta'lim tizimiga onlayn jalb qilish, tekstil sohasining moda yo'nalishida mahalliy kadrlar tayyorlash, institut tarkibida virtual laboratoriyalarni tadbiq etishni taklif  qilishdi.

 Shuningdek muzokara davomida Senator Nurmuhammad Achilov tomonidan G'ijduvon tumanidagi "Parvoz Xumo Ravnaq Trans" MChJ klasteriga Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabalarini dual ta'lim tizimi asosida jalb qilish taklifi ham berildi.