12 oktyabrkuni Toshkent shahrida “O‘zekspomarkaz” MKMda “UzCharmExpo-2022” charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna, jun va mahalliylashtirilgan mahsulotlar 13-Xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. “O‘zcharmsanoat” uyushmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi mazkur nufuzli forum tashkilotchilaridir.

Nufuzli forumda Buxoro muhandislik-texnologiya institutining “Charm buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasi tayanch doktoranti B.I.Rustamov va kafedra o‘qituvchisi F.F.Farmonovlar ham kafedra professor-o‘qituvchilari va faol talabalari tomonidan tayyorlangan mahsulotlar, ilmiy ishlanmalar bilan faol ishtirok etishmoqda. 

Ko‘rgazma davomida mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, tajriba almashish va dual ta’limni o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishish maqsad qilingan.

   

Bunday ko‘rgazma yilda ikki marta –bahor va kuzda oylarida o‘tkazilishi ananaga aylanagn. Bunda  manfaatli hamorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama aloqalarni o‘rnatish, soha mutaxassislariga keng imkoniyatlar eshigini ochib beradi. 

O‘tkazilayotgan 13-xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etish maqsadida 450 ga yaqin mahalliy va 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning 70 dan ortiq kompaniyalar 5 000 ga yaqin mahsulot na’munalari bilan ishtirok etishmoqda.

Ko‘ragazma 14 oktyabrgacha davom etadi.

 

“Charm buyumlari texnologiyasi va dizayni” kafedrasi tayanch doktoranti                                                      B.I.Rustamov