Treningdan olingan yangi bilimlarni institut o’qituvchilari magistrlariga yetkazish maqsadida master klass tashkil etildi. Unda loyiha asoschilaridan biri Ulug’bek Ibragimov va hozirda loyiha kordinatori Fayoz Xalilov ishtirok etdi. 

Fayoz Xalilov va Ulug’bek Ibragimovlar so’zga chiqib, 

  • katta hajmli ma’lumotlar;
  • katta hajmli ma’lumotlarni tahlil etish va qayta ishlash;
  • Katta ma'lumotlarni tahlil qilish uchun hisoblash markazlari infratuzilmasi loyihalashda nimalarga e’tibor qaratish kerakligi;
  • Katta hajmli ma'lumotlar ishlatishda qaysi texnologiyalardan keng foydalanish;
  • Docker dasturiy ta’minoti orqali boshqaruvni avtomatlashtirish;
  • Internet buyumlari.

 tog’risida tinglovchilarga kerakligicha ma’lumotlar yetkazishdi. Tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berishdi.