“Texnologik jarayonlarni boshqaruv tizimlari fakulteti” 708-23 ATT guruh talabasi Sevara Saidova kriptologiya bo‘yicha fan olimpiadasining respublika bosqichida ishtirok etib faxrli 2-o‘rinni qoʻlga kiritdi.

 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoasi Sevara Saidova hamda uning ustozi Mirxon Nurullayevni ushbu yutuq bilan tabriklab, kelajakdagi ishlarida omad va zafarlar tilaydi!