Tatariston Respublikasining Alabuga politex delegatsiyasi a’zolari hamda Buxoro viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i Azamat Naimov Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar institutdagi yaratilgan sharoitlar bilan tanishgandan so'ng, institut rektori Sadoqat Siddiqova bilan muzokara olib bordi.

  Muzokara davomida ikki mamlakat ta‘lim muassasalarining shakllanish bosqichi hamda undagi o’ziga xos bo’lgan yondashuvlar bo’yicha fikr almashildi. Shuningdek pedagoglarni kasbiy mahoratini oshirish, yozgi ta'til dasturlarini tashkil etish bo'yicha kelishuvlarga erishildi.