“Boshqirdiston Respublikasi ilmiy-ta’lim markazi boshqaruv kompaniyasi” avtonom notijorat tashkilotining xalqaro hamkorlik bo‘yicha maslahatchisi Marsel Asfandiyarov Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

   Tashrif davomida Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Baxtiyor Adilov,  Buxoro viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Azamat Naimov, institut rektori Sadoqat Siddiqova hamda Marsel Asfandiyarov o‘rtasida muzokara bo‘lib o‘tdi.

   Ushbu muzokaralarda Buxoro muhandislik texnologiya instituti negizida “Boshqirdiston Respublikasi Yevroosiyo ilmiy-taʼlim markazi” vakolatxonasini tashkil etish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar olib borish va qisqa muddatli stajirovkalarni tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.