Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktor maslahatchisi Naibaxon Mamadaliyeva, O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlashtirish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Timur Yusupov Buxoro muhandislik-texnologiya institutida bo‘lib, fan, ta'lim va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik integratsiyasini mustahkamlash va  malakali kadrlarni birgalikda tayyorlash borasida institutning “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasi,  metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti ta'lim yo‘nalishidagi olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.    

     Uchrashuvda institut rektori Sadoqat Siddiqova O‘zbekiston milliy metrologiya instituti  Buxoro filiali mas'ullari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik yuzasidan ma'lumot berdi. 

 Shuningdek mehmonlar “Metrologiya va standartlashtirish” kafedrasida tashkil qilingan ilmiy innovatsion laboratoriyadagi ilmiy-tadqiqot ishlari bilan  tanishdi.