Talabalar kelajakdagi tadbirkor va mutaxassislardir. Ularni har tomonlama rivojlantirish, o‘quv jarayoni bilan bir qatorda nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan bog’lagan holda – faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ochiq darslar, faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga ekskursiyalarga ham jalb etish muhim ahamiyatga ega. 

Shu maqsadda 2023 yil 5 aprel kuni BMTI “TJBT” fakulteti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari Yuldasheva S.N., Primova A.A., Xayitova N.I., Alimova R.X., Zaxidova U.F. va  716-20 MNT guruh talabalari “Buxoro Agroklaster DZZ” MCHJ negizidagi “Lattico” ishlab chiqarish korxonasi va “SMART ilmiy tuproq labaratoriyasi”da bo’lib, korxonaning talabalar ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari hamda ularning texnik tavsiflari, xususiyatlari, afzalliklari bilan tanishdilar va degustatsiya qilish imkoniyatiga ham ega bo’ldilar. Ushbu ekskursiya talabalar ixtisosligi bo’yicha tanlangan bo’lib, unda yangi bilim va tasavvurga ega bo’lish, ushbu “Lattico” sutli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonasi va “SMART ilmiy tuproq labaratoriyasi” - O’zbekistondagi eng zamonaviy yagona labaratoriyaning faoliyati bilan yaqindan tanishishi ularning kelajakda yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.