Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar o‘rtasida “TALABALIK OLTIN DAVRIM” nomli ko‘rik tanlov o‘tkazildi.

  Tadbirda so‘zga chiqqan institut rektori Sadoqat Siddiqova talaba yoshlarni bayram bilan samimiy qutlab, sihat-salomatlik, yangi yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.

So‘ngra talaba-yoshlar 5 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.

Natijalara ko‘ra:

1-o‘rin “Family” jamoasi (1-TTJ)
2-o‘rin ”Ra'no bibi” jamoasi (2-TTJ)
3-o‘rin ”Jaydari bo‘ydoqlar” jamoasi (3-TTJ)

Faxrli o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom hamda pul mukofotlari bilan taqdirlandi.