Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish masalasi bugungi kunda yoshlarga oid davlat siyosatining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. Shu ma'noda mamlakatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, vazirlik va idoralar bilan birga jamoatchilik vakillari tomonidan yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish borasida 2022 yil 25 noyabr kuni BMTI TJBT fakulteti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari Zayavitdinova N.M., Xudoyberdiyeva O.Q., Bozorova M.S., Primova Sh.J., Raxmatov J.A. hamda BMTI profilaktik nozirlari U.M.Bo’riyev,  E.E. Sanoyeva tomonlaridan talaba yoshlar bilan suhbat o’tkazildi. 

U.M.Bo’riyev  talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi ta’kidladi. Shuningdek, qasddan odam o‘ldirish yoki tan jarohati etkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlarni hamda ayollar, yoshlar, voyaga yetmaganlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlarni keskin kamaytish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan muhim ishlar e’tirof etildi.

“Menejment” kafedrasi mudiri Zayavitdinova N.M.ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida g‘oyaviy bo‘shliqni oldini olish, ularning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazishda axborot vositalaridan maqsadli foydalanishni tashkil etish, yosh avlod o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iboratligini ta’kidlab o’tdi.

Kafedra kata o’qituvchisi Xudoyberdiyeva O.Q. mazkur ta’lim muassasasida bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi haqida fikr bildirdi.

Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida Primova Sh.J., Raxmatov J.A. hamda BMTI profilaktik nozirlari U.M.Bo’riyev, E.E. Sanoyevalar tomonidan talabalar qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar.