2022 yil 24 noyabr kuni BMTI TJBT fakulteti “Menejment” kafedrasi professor-o’qituvchilari Zayavitdinova N.M., Usmanova N.Y., Primova A.A., Xudoyberdiyeva O.Q., Primova Sh.J., Po’lotov Sh.Sh.,Musayeva J.K., Giyasov U.A., Raxmatov J.A., Alimova R.X., Aslanov A. tomonlaridan  “TALABALAR O’RTASIDA HUQUQBUZARLIK VA JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISHDA JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIKDAGI FAOLIYATNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA TADBIRLARINI AMALGA OSHIRISH” mavzusida   talabalar yotoqxonasida talabalar o’rtasida suhbat o‘tkazildi. Davra suhbati avvalida voyaga yetmagan yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik holatlari, jinoyatlarning ayanchli oqibatlari mavzusidagi Giyasov U.A. tomonidan viderolik namoyish etildi.

 “Menejment” kafedra mudiri ZayavitdinovaN.M. talabalarni ochiq muloqotga chaqirdi va talaba-yoshlar, ayniqsa ijarada, yotoqxonada yashovchi talabalar doimiy e’tiborda ekanligi ta’kidlab o‘tdi. Ularning ijtimoiy maishiy ahvoli, ta’lim muassasasiga qatnashishi hamda turli salbiy g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasliklari uchun zarur chora-tadbirlar belgilanishi zarurligi yuzasidan fikrlar bildirdi.

Yoshlarga katta e’tibor berilayotgan bir paytda talabalar Vatan ravnaqi uchun chuqur bilim olib, yetuk mutaxassis bo‘lib yetishish, Vatan oldida, qolaversa, ota-ona oldidagi farzandlik burchini bajarishlari kerakligi xususida so‘z yuritildi.

Davra suhbati davomida Usmanova N.Y., Primova A.A. viloyatimizda huquqbuzarlik profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar xususida ma'lumotlar berdilar.

Xudoyberdiyeva O.Q., Primova Sh.J., va Po’lotov Sh.Sh. bugungi kunda ayrim yoshlar tomonidan sodir etilayotgan o‘g‘irlik, telefon va internetdan noto‘g‘ri maqsadlarda foydalanish, firibgarlik, mayda talon-tarojlik kabi jinoyatlar, Buxoro shahri hududida voyaga yetmagan yoshlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdilar.

Ochiq muloqot davomida Raxmatov J.A., Alimova R.X., Aslanov A.tomonlaridan  talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berishib, ularni ogohlik va hushyorlikka chaqirdilar.