"UZBEKISTAN GTL" KOMPАNIYАSI 2023/2024-O‘QUV YILI UCHUN 5-STIPENDIYАLAR DАSTURINI E‘LON QILDI
Institut faollar zalida “Uzbekistan GTL” kompaniyasi mutaxassislari bilan institut mas’ullari hamda texnika yo‘nalishidagi talaba va magistrlar o’rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushrashuvda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “UzGTL stipendiyalar dasturi-5” tanlovi hamda “Eng fidoyi ustoz II” tanlovining ikkinchi bosqichiga start berilganligini ma’lum qilishdi.Stipendiya g’oliblari tanlov asosida aniqlanadi. Tanlov 3 bosqichda amalga oshirilib: birinchi bosqichda ishtirokchilar dastlab ro’yxatdan o’tadi (15 sentyabr-15 oktyabr); ikkinchi bosqichda test yoki yozma imtihon bo’lib o’tadi (20 oktyabr-15 noyabr); uchinchi bosqich esa suhbat asosida o’tkaziladi (20 noyabr-14 dekabr).