Hurmatli bitiruvchilar!

  Barchangizga kelgusi hayotda ulkan yutuq va omadlar tilayman. Qayerda bo‘lmang, oliygohda olgan bilimlaringiz sizga qo‘l kelishiga, kelgusida ularni yanada mustahkamlab borishingizga umid qilaman. Vatanimiz rivoji uchun o‘z hissangizni qo‘shishingizga aminman.

  Maqsadlarni katta oling, shunda ulkan yutuqlarga erishasiz. Yutuqqa erishish uchun harakat qilish kerak. Hech qachon to’xtamang! Ezgu ishlarni bajarishni va shu orqali yutuqlarga erishib yurishni orzu qiling. Va orzularingiz ro‘yobi uchun tinimsiz harakatda bo‘ling!  Hamma vaqt yodda saqlang-Siz Buxoro muhandislik-texnologiya instituti talabasi, Yangi O’zbekiston bunyodkorisiz!

  Yangi marralar sari intiling, salohiyatli, yetuk kadr bo‘lib, orzularingizga erishishda kuch va g‘ayrat sizga yor bo‘lsin!  Bilim olishda hamisha davom eting!


Sadoqat Siddiqova 
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori