Sochi shahrida bo'lib o'tgan "Podium-2023" ko'rik tanlovida faxrli 3-o’rin sohibasi bo’lgan Buxoro muhandislik-texnologiya institutining Paxta va yengil sanoat fakulteti talabasi Jasmina Sharapovani tabriklash uchun tadbir tashkil etildi.

  Tadbirda Jasmina Sharapova hamda uning ustozlari mehnati e'tirof etilib, ishlariga omad va zafarlar tilandi. 

 

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

  Talabalik inson hayotida erishishi kerak boʻlgan muhim pogʻonalardan biridir. Bu davrda inson mustaqil hayotga qadam tashlaydi. Oʻz fikri, oʻz zakovati bilan ulkan marralarni zabt etishga yetarlicha kuchi va gʻayrati bor davr.

Shu sabab biz yosh, zamonaviy bilimlarni mukammal egallagan, kreativ yoshlarimiz, kelgusida Oʻzbekistonga nafi tegadigan, xalqaro maydonlarda bizga zafar keltiradigan kadr boʻlib yetishib chiqishi, rivojlanishi, mukammal bilim egallashi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishimiz kerak.

Talabamizning yutug’i bizni quvontirdi. Buning uchun unga ta'lim bergan ustozlaridan minnatdormiz!  
Bundan keyin ham albatta g’alaba va zafarlarimiz davom etadi!