BMTI huzuridagi Buxoro shahar kasb-hunar maktabi ta’lim jarayoni sifatini yaxshilash maqsadida, Buxoro muhandislik texnologiya instituti tomonidan ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruh rahbari Eldor Erdonovich Mirzayev  hamda dotsent  Xulkar Xamidovna Saidova,  dotsent Gulchehra Xakimovna Sulaymonova, Murtazoyev Azamat Sunnatillo o'g'li, Atayeva Ferangiz Allaberganovna  ishchi guruh a’zolari etib tayinlanib, Buxoro shahar kasb-hunar maktabi o‘quv uslubiy sohasini 2023-2024  o‘quv yili mobaynida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi.