Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Besh tashabbus olimpiadasi”  doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Stritbol sport turi bo‘yicha viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Viloyatdagi 5 ta oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan tashkil topgan stritbol turidan o‘g‘illar va qizlar o‘rtasidagi viloyat bosqichi Buxoro muhandislik-texnologiya instituti sport zalida o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada har bir jamoadan 4 nafar qiz va 4 nafar o‘g‘il talabalar ishtirok etishdi.

Qizg'in bo'lib o'tgan o'yin natijalariga ko'ra:

1- o'rin Buxoro davlat universiteti 
2 - o'rin Buxoro davlat pedagogika instituti 
3 - o'rinni Buxoro muhandislik-texnologiya instituti jamoalari qo'lga kiritdi.