Buxoro shahridagi “Shoxrud” AJ da ishlab chiqariladigan mahsulotlar jarayoni bilan tanishish    

2022 yil 17 noyabr kuni 700, 702-21 TJB guruhi talabalarining I, II juftlikdagi “Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari” va “Dasturlash tillari bazasida texnik ilovalar” fanidan tajriba hamda amaliy mashg‘ulotlari “TJBAKT” kafedrasi professor-o’qituvchilari H.X.Qobilov, N.X.Musayeva, M.R Adizova va M.D.Olimovalar bilan birgalikda Buxoro shahridagi “Shoxrud” AJ da tashkil etildi. Ushbu korxonada talabalar spirtli ichimliklardan aroq, vino, shampan, konyak kabi turli mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishdi.

Bundan tashqari chet eldan keltirilgan zamonaviy jihozlar bilan tanishib, ularning ishlash usuli bilan tanishdilar. Ushbu korxonada may va sharob maxsulotlarining turli xil ko’rinishlari, undagi shisha idishlarning yuvish jarayoni, mahsulot qadoqlash jarayonining avtomatlashtirilgan holati bilan tashishdi. 

Bir kunda necha litr mahsulot ishlab chiqarilishi, qayerlarda mahsulot eksport qilishlari, keltirilgan uskunalar ishdan chiqib qolgan vaziyatda, qanday yo‘l tutishlari, ushbu mahsulotlar sanitariya gigiyena qoidalariga rioya qilgan holatda, ko‘rikdan o‘tkazishlari qanday darajada ekanligi kabi savollariga javob olishdi. Jarayonda dasturiy taʼminotlardan qanday foydalanish hamda tizimda qo‘llaniladigan jihozlarning modellari bilan tanishtirildi. Bundan tashqari talabalar korxonaning laboratoriya xonalari bilan tanishib, maxsulot ishlab chiqarishda o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi va mutaxassislar tomonidan berilgan savollariga javob olishdi. Nazorat o‘lchov asboblaridan  manometr, termometr, turli xildagi datchiklarning ishlash prinsiplari, ularning ichki tuzilishi bilan tanishishdi. Ushbu fanlarga talabalarning qiziqishlari yanada ortib, korxonada mavjud kamchiliklarni bartaraf etishda o‘z xissalarini qo‘shish istagini bildirishdi.