“Iqtisodiyot” kafedrasi o‘qituvchi-stajori Qurbonova Xumora Begmurodovna  tomonidan 2022 yil 29 noyabr kuni  204-20 NGT guruhi talabalariga “Soha iqtisodiyoti va menejment” fanidan “Menejment asoslari” mavzusida sinov darsi o‘tkazildi. Sinov darsi yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etildi. Dars talabalar tomonidan tayyorlanib kelingan mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar va yangiliklar bilan boshlandi. O’qituvchi yangi mavzuni boshlashdan avval talabalarga “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da belgilangan maqsad va vazifalar haqida ma’lumot berib  yangi mavzuni bog’lab tushuntirish bedi. Talabalarni faolligini oshirish maqsadida “Venna diagrammasi”, “3-4”, “Breyn-ring” metodilaridan foydalanildi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodini qo‘llab ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha talabalarni mavzuga jalb eta oldi va baholay oldi hamda vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

 “Ierarxiya” texnikasi qo‘llab oddiydan murakkabga murakkabdan oddiyga o’tish usullarini qo’llash orqali ularni mantiqiy, tanqidiy, ijodiy fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.  Ta’lim beruvchi talabalarga “Breyn-ring” metodi orqali talabalarni dars jarayoniga faollashtirish, rag’batlantirish hamda har bir ishtirokchining ishtirokiniob’ektiv baholash imkonini berdi. ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirishni va ular o‘rtasidagi aloqalarni topishni o‘rgatdi.

         Dars oxirida faol qatnashgan  talabalar kitob va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.