Buxoro muhandislik-texnologiya institutida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kafedrasi tomonidan “Raqamli transformatsiya sharoitida muhandislik sohasi muammolarini yechish usullari” mavzusida xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

 Anjuman davomida muhandislik sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanish samaradorligi, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish, sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik sohasidagi istiqbollarning dolzarb muammolari ko'rib chiqildi.

 Shuningdek ilmiy-amaliy anjumanda ilmiy ma'ruzalar va ko’rgazmali taqdimotlar o’tkazildi.