Qozon (Volga viloyati) Federal universitetining Naberejnye Chelni instituti (filiali) direktori Georgiy Kotiyev tashrif buyurdi.
Bosh sahifa Qozon (Volga viloyati) Federal universitetining Naberejnye Chelni instituti (filiali) direktori Georgiy Kotiyev tashrif buyurdi.
Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Qozon (Volga viloyati) Federal universitetining Naberejnye Chelni instituti (filiali) direktori Georgiy Kotiyev tashrif buyurdi.
Georgiy Kotiyev institutdagi "KiberNeftGaz" oliy muhandislik maktabi bilan tanishib chiqdi. Mehmon tomonidan muhandislik maktabida yaratilgan sharoitlar neft va gaz sanoati mehnat bozori ehtiyojlari asosida talabalarni zamonaviy va sifatli kasbga o‘qitish imkonini berishi ta’kidlandi.
So‘ngra Georgiy Kotiyev hamda institut rektori Sadoqat Siddiqova o’rtasida hamkorlikka bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda "KiberNeftgaz" oliy muhandislik maktabi hamda neft-gaz sanoati korxonalari bilan hamkorlikda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama etildi. So'ngra G.Kotiyev tomonidan "Hamkorlar bilan ilmiy va ta'lim faoliyati" mavzusida ma'ruza o'qildi.