Ayni damda professor-o’qituvchilarimiz  Zebo To'xtayeva, Gulandom Yunusova, Malohat Jo’rayeva, Lobar Nutfullayeva, Dilfuza Narzullayeva Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetida ma'ruza o'qish va amaliy ishlarni olib borish uchun xizmat safarida bo’lib turibdi.

  Xizmat safari davomida universitetning har bir bo‘limlari,  kutubxona, sport kompleksi, telestudiya, ilmiy kengash xonalari, talabalar alleyasi, internet resurs va til o‘rganish markazlari, manzarali bog‘ va issiqxonalar, qurilish materiallari, oziq ovqat va tekstil laboratoriyalari bilan tanishdilar.

Shuningdek olimalarimiz ushbu universitet va Buxoro muhandislik-texnologiya instituti o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga binoan akademik mobillik doirasida kafedralardagi o‘quv jarayonlarni o‘rgandilar hamda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.