Professor-o’qituvchilar Worldskills standartlari bo'yicha malaka oshirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi  PF-5635-son “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat asosida Worldskills International xalqaro harakatiga Oʻzbekiston 2020-yilning 17-yanvar kuni rasman 83-aʼzo davlat sifatida aʼzo boʻldi. 2020-yildan hozirgi kunga qadar 4-marta “Worldskills milliy kasblar chempionati” oʻtkazildi. Xalqaro darajada 6 ta tarmoq sohalari boʻyicha 63 ta kasblardan jahon chempionatlari  har 2 yilda 1-marta oʻtkaziladi. Oʻzbekistonda 10 ta kasb boʻyicha “Milliy kasblar chempionati” oʻtkazilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 26-dekabrdan 6-yanvargacha 45 nafar pedagoglar Worldskills standartlari bo'yicha malaka oshirdi.  Mazkur qisqa muddatli malaka oshirish kursini Worldskills Uzbekistanning texnik delegati, eksperti Dadaxon Xushmurodov olib bordi. Malaka oshirish kursida berilgan bilimlar kelgusida institutning moddiy texnik bazasini xalqaro standartlarga mos holatda yangilash, kasb-ta'lim sifatini xalqaro darajaga ko'tarish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 8 kunlik qisqa muddatli o'quv kursida Worldskills standartlar, Worldskills baholash metodikasi, Worldskills kasbga o'rgatish metodikasi, Worldskills standartlariga mos keladigan jixozlar, infrastrukturalar to'g'rida yangi formatdagi bilimlar berildi.

Shuningdek, mazkur malaka oshirganlar orasida 10 nafar pedagog va talaba 2024-yilning 7-15-sentabr kuni Fransiyada o'tkaziladigan Worldskills kasblar chempionatida ishtirok etish uchun yo'llanma olishi kutilmoqda.

Bu harakat O'zbekistondagi Oliy ta'lim muassasalar orasida "pilot" loyiha hisoblanadi. Bugungi kunda Worldskills xalqaro kasblar chempionatida 62 ta kasb bor, shundan 45 ta kasb egalari Buxoro muhandislik-texnologiya institutida tayyorlanadi. 

Worldskills eksperti Dadaxon Xushmurodovning so’zlariga ko’ra, 2019-2023-yillarda jami 17 ta kasblardan chempionatlar tashkil etildi. Oʻzbekiston “WorldSkills Competition 2022 Special Edition”da qatnashib ilk marta 1 ta “Mahorat medali”ni “Quruq qurilish va suvoq ishlari” boʻyicha qoʻlga kiritdi. Ma’lumot o’rnida ta’kidlash lozimki, “Mahorat medali” 700 baldan yuqori toʻplagan ishtirokchiga taqdim etilib, chempionatning maksimal bali 750 balni tashkil etadi.

Malaka oshirish kursida ishtirok etgan tinglovchi, Axborot kommunikatsiya kafedrasi katta o’qituvchisi Mirxon Nurillayev fikriga ko’ra, bu kabi malaka oshirish kurslari Worldskills bo’yicha kasbiy bilim va koʻnikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirish, mutaxassislik boʻyicha soʻnggi fan yutuqlari, yangiliklari bilan tanishish, ularni oʻzlashtirish, yangi amaliy ish usullari, ilgʻor ish tajribalarini oʻrganishda katta ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

2023-yilning 25-30-noyabr kunlari Abu Dabi shahrida “WorldSkills Asia Abu Dhabi Competition 2023”  oʻtkazildi. Unda 31 ta davlatdan 31 ta kasb boʻyicha 600 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Mazkur Osiyo chempionatida Oʻzbekiston 5 ta kasbdan ilk marta qatnashdi. Chempionat natijasiga koʻra “Payvandlash texnologiyasi” boʻyicha 4-oʻrinni egallab “Mahorat medali”ni, “Quruq qurilish va suvoq ishlari” boʻyicha “Millat faxri” medalini qoʻlga kiritdi. 

Bugungi kunda Oʻzbekistonda  700 nafardan ortiq oʻqituvchilar 63 ta kasb boʻyicha “Milliy Worldskills eksperti” sertifikatiga ega boʻldi.  Shundan 6  nafari “Xalqaro Worldskills eksperti” sertifikatiga ega. Milliy ekspertlarni Worldskills Uzbekistan tomonidan maqsadli tayyorlanadi. “Xalqaro ekspertlik sertifikati” xalqaro chempionatda qatnashgan ekspertlarga beriladi.