Pekin Ruipan xalqaro ta'lim texnologiyasi kompaniyasi bosh menejeri Li Xin, Xalqaro bo'lim menejeri Joanna xonim, Xalqaro bo'lim mutaxassisi Anna xonim Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga tashrif buyurdi.

  Tashrifdan maqsad talabalar uchun sayohat loyihasini tashkil qilish va ikki tomonlama diplom loyihasini muhokama qilishdan iborat bo’ldi.

  Shuningdek, Xebey neft texnologiya universiteti  bilan neft va gaz ishi yo’nalishi bo’yicha qo’shma ta’lim dasturlarini yo’lga qo’yish, Pekin kimyoviy texnologiya universiteti bilan noorganik kimyo yo’nalishi uchun qo’shma ta’lim dasturini 2025-2026 o’quv yilidan yo’lga qo’yish bo’yicha Memorandum imzolandi. Bundan tashqari Xitoy tomonidan investorlarni jalb qilish masalasi bo'yicha kelishuvga erishildi.