Buxoro muhandislik-texnologiya institutida “Oziq-ovqat, kimyo va neft-gaz sanoatining innovatsion texnologiyalari va dolzarb muammolari” Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumani bo’lib o’tdi.

  Xalqaro ilmiy-texnikaviy anjumanda oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan mehmonlar va professor-o’qituvchilar ushbu sohaning dolzarb jihatlarini ta’kidlab o’tishdi.

 Shuningdek anjuman dastavvalida o’zining uzoq yillik tajribasi bilan oliygohda hurmat qozongan ustoz Qahramon Majidovning 70 yillik yubileyi tantanali ravishda nishonlandi. Ustozni muborakbod etgani tadbirga uning juda ko'plab shogirdlari, do'stlari, faxriylar jam bo'lishdi. Tantanali olib borilgan tadbirda barcha ustozga tan-sihatlik, uzoq umr tilashdi.