Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga Ozarbayjon arxitektura va qurilish universiteti xalqaro aloqalar bo'yicha maslahatchisi Kanan Hasanov tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida yozgi va qishki taʼtillarni tashkil etish, "RIBA", "Jean Monet", "Horizon" ta'lim grantlariga hamkorlikdagi loyihalar bilan qatnashish, arxitektura va qurilish yo'nalishlari bo'yicha qo'shma taʼlim dasturlarini yo'lga qo'yish bo'yicha kelishuvga erishildi.