Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Ovqatlanishni tashkil etish va servis kafedrasi talabalari Buxoro shahar “Aziya milk” MCHJ, “Sitorai-Moxi-xossa” sanatoriyasi,  Sulsherjahon MChJ, Buxoro viloyat Sanitariya epidemiologik va osoyishtalik boshqarmasida malakaviy amaliyot o'tamoqdalar.  

Amaliyot davomida korxonadagi shart-sharoitlar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar, texnologik jarayonlarda qo'llaniladigan zamonaviy jihozlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lmoqdalar.