Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari Shahlo Turdikulova Buxoro muhandislik-texnologiya institutining o'quv amaliyot laboratoriya xonalarini ko'zdan kechirib, ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar bilan tanishib chiqdi.  Shuningdek, mazkur ta’lim muassasasida mavjud shart-sharoitlar, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari hamda qabul jarayoni qanday o’tgani bilan ham qiziqdi.

    Vazir o‘rinbosari mavjud vaziyat bilan yaqindan tanishar ekan, muassasa faoliyatini yanada takomillashtirish, yangi o‘quv yilida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar  yuzasidan zarur               ko‘rsatma va takliflarini berib o‘tdi.

   Shuningdek, o'qituvchilar bilan muloqotda bo'lib zamonaviy fanlarni ta'lim dasturiga joriy etish bo'yicha tavsiyalar berdi.