Oliy taʼlim boʻyicha Yevroosiyo sammiti boʻlib oʻtdi.
Bosh sahifa Oliy taʼlim boʻyicha Yevroosiyo sammiti boʻlib oʻtdi.
26-29-fevral kunlari mashhur Lutfiy Kirdar (Istanbul) xalqaro konferensiya markazida (EURIE-EURASIA HIGHER EDUCATION SUMMIT 2024) Oliy taʼlim boʻyicha Yevroosiyo sammiti boʻlib oʻtdi. Sammitda 72 mamlakatdan 2000 dan ortiq ishtirokchi hamda 111 eksponent va 335 tashkilot qatnashdi.
Ushbu sammitda Buxoro muhandislik-texnologiya institutini xalqaro aloqalarni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish maqsadida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Norbek Yuldashev hamda Xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Nodir Mastonov ishtirok etdi.
Sammitda Istanbul Aydin universiteti asoschisi, turkiyalik akademik, Yevropa Fanlar va San'at Akademiyasining saylangan aʼzosi, Yevropa-O‘rtayer dengizi universiteti Senati a’zosi, Yevropa yetakchilik tarmogʻi, Global masalalar boʻyicha forum va Xalqaro tadqiqotlar assotsiatsiyasi boshqaruv kengashi aʼzosi, Mustafo Aydin vakillarimiz bilan uchrashib, institutimizning kelgusidagi istiqbolli rejalari bilan tanishib chiqdi.