Buxoro muhandislik-texnologiya institutiga “O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari Qahramon Hakimov hamda «Buxoro neftni qayta ishlash zavodi» MCHJ direktori Akbar Fazilov tashrif buyurdi.

 Dastlab mehmonlar "KiberNeftGaz" ilg’or muhandislik maktabi bilan tanishib chiqdi.

 Ilg'or muhandislik maktabining labaratoriya xonalari simulyatsiya texnologiyalari, maʼlumotlarni vizualizatsiya qilish, maʼlumotlarning vizualizatsiya vositalari, loyihani rejalashtirish va nazorat qilish, dasturiy interfeys ishlatish va yaratish, burgʼulashni avtomatlashtirish, quvurlarni monitoring qilish, jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish real vaqtda monitoring qilish, tahlil va diagnostika qurilmalari bilan jihozlangan.

 Tashrif davomida "Neft-gaz texnologiyasi" fakultetida tahsil olayotgan magistrlar hamda “KiberNeftGaz” ilg’or muhandislik maktabiga kirish uchun saralab olingan tayyorlov guruhi talabalari bilan suhbatlashdi.

Shuningdek magistrlarning “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” МCHJ tadbiq qilinadigan ilmiy va innovatsion loyihalar taqdimoti o'tkazildi.

Jumladan, talabalarning Kerosin fraksiyasini tozalash uchun mahalliy xomashyo asosida faollashtirilgan ko'mir ishlab chiqarish texnologiyasi, Ishlatilayotgan mdea tarkibidagi termostabil tuzlarni tozalashning sanoat sinovlarini o'tkazish, Tabiiy gazni qayta ishlash jarayonida foydalanilayotgan dietilenglikol kimyoviy moddasi mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatini o'rganish, Kondensat yig'uv parki rezervuarlarida hamda gazni dastlabki tayyorlash qurilmalaridagi sig'imlardan chiqarib tashlanadigan qatlam suvlarini qayta foydalanish uchun yaroqli darajagacha tozalash kabi mavzularda amalga oshiriladigan ilmiy loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ mas'ullari “Mashinasoz” texnoparki faoliyatini ham ko‘zdan kechirdi.