Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova:

 

 Assalomu alaykum aziz vatandoshlar! 


  Avvalo, sizlarni, sizlar orqali oila a’zolaringizni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va “Vatan himoyachilari kuni” bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.  
Ushbu qutlug‘ ayyom tom ma’nodagi umumxalq bayramiga, azaldan xalqimizga xos bo‘lgan vatanparvarlik, mardlik va jasurlik kabi yuksak fazilatlar timsoliga aylanib borayotgani barchamizni quvontiradi. 


Inson uchun ozodlikdan ko‘ra qadrliroq narsa yo‘q dunyoda. Jonning jismdan tashqarida vatani bo‘lmaganidek, aqli-raso odamning tug‘ilib o‘sgan, tuprog‘idan, o'zga vatani bo‘lmaydi. Insonda Vatan bitta bo‘ladi. Vatan bu hayotimizdagi hamma narsa, umrimizning mazmuni, hayotimizning ma’ni va ma’nosidir. Vatanini sevgan oriyatli farzand unga beminnat xizmat qiladi, go‘shalarini obod qiladi, yomon ko‘zlardan asraydi. 

Bu Vatan meniki, shu aziz tuproqdan yaraldim, mana shu muqaddas zaminda ota-bobolarim yashab o‘tgan, bugun men,

 ota-onam, farzandlarim, men sevgan va meni sevgan yori birodarlarim, vatandoshlarim yashaydi!" – degan ulug‘  tuyg‘u Vatanini sidqidildan sevgan har bir aql-hushli insonning yuragidan chuqur joy olishi bu qadim dunyoda isbot talab qilmaydigan hayot haqiqatidir!  


Ta’kidlash kerakki, milliy armiyamizning kuch-qudrati yetuk salohiyatli harbiy xizmatchilarimizning, bag‘rikeng va olijanob xalqimizning birligi va hamjihatligidadir. Bu haqiqatni bugungi kunda har qachongidan ham chuqur his etmoqdamiz.  
Bugungi bayram bilan mard o‘g‘lonlarni, vatanparvar har bir insonni yana bir bora chin qalbimdan tabriklayman! Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.  
Bayramingiz muborak bo‘lsin!