O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Buxoro viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida oliy ta'lim muassasalari tuman mahallalarining faoliyatini o'rganish hamda ilmiy-uslubiy tavsiyalar berish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar bo'yicha hisobotlar tinglandi.

 Unda  Buxoro viloyatida iqtisodiy kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali mahallarda kambag'allikni qisqartirish, mahallalarda tashkil qilingan yettilikning faoliyatini muvofiqlashtirish, iqtisodiy-ijtimoiy hayotni yaxshilash maqsadida taqdim etiladigan ilmiy tadqiqot loyihalari sonini oshirish, aholining mavjud tomorqalaridan samarali foydalanishiga ko'maklashish, mahallada manzilli yo'l xaritasi qayta ishlab chiqish bo'yicha ustuvor takliflar ishchi guruh a'zolari tomonidan muhokama etildi.