Buxoro muhandislik-texnologiya institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan “Dekan o‘rinbosari, tyutor, talaba hamkorligi-komillikning asosi” mavzusida tanlov tashkil etildi.

Tanlov jarayonida institutda faoliyat yuritib kelayotgan barcha fakultetlar jamoalari “Islohotlar samarasi”, “Konstitutsiya bilimdoni” va “Erkin mavzu” shartlari asosida o‘zaro ijodiy bellashuv o‘tkazildi.

Tanlov yakuniga ko‘ra fakultetlar jamoalari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritdi:

1-o‘rin Arxitektura fakulteti jamoasi
2-o‘rin Yer usti transport tizimlari fakulteti jamoasi
3-o‘rin Energetika fakulteti jamoasi