Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Energetika fakulteti   “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi oʻqituvchilari hamda 2-Talabalar turar joyi talabalari ishtirokida  “Kitob- ma’rifat oʻchogʻi” mavzusida  davra suhbati oʻtkazildi. 

Talabalar va oʻqituvchilar tomonidan kitob - bilim manbai ekanligi, insonning kamol topishi, uning barkamol shaxs sifatida shakllanishida kitobning oʻrni beqiyosligi haqida suhbat olib borildi. Kitob insonning eng yaqin doʻsti va maslahatchisi, aql qayrogʻi va bilim manbai, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai hisoblanadi, shuning uchun koʻp kitob mutolaa qilib tafakkurimizni oʻstirishimiz zarur. 

Inson bilimli tarbiyali, kasb-hunarli, baxtli boʻlishining muhim omili-bu kitobga doʻst boʻlish, hamisha kitob oʻqish, kitob mutolaasini umr boʻyi kanda qilmaslikdir. Kitobga hamroh boʻlgan inson faqat va faqat odamiylik saboqlarini oʻrganadi. Ayniqsa, yoshlarning baxt-u kamoli, osoyishta va farovon hayotida kitob mutolaasining alohida oʻrni bor. Har qanday muvaffaqiyatning kaliti bu kitobdir. U kelajagimiz poydevori. Shunday ekan aziz yoshlar kitob oʻqing zero, kitob insonning hayot yoʻlidagi yoʻldoshi boʻlsa, hayot soʻqmoqlaridan mamnuniyat bilan oʻtadi.Davra suhbatini tashkillashtirgan  kafedra oʻqituvchilariga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Xayrli tadbirlar viloyatimiz boʻylab davom etmoqda.

Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi: Q.S.Mustaqimova