Buxoro muhandislik-texnologiya institutida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha “Аholini zilzilaga tayyorlash haftaligini” hamda “Yongʼin xavfsizligi oyligini” oʼtkazish mavzusiga bagʼishlangan oʼquv amaliy seminar boʼlib oʼtdi.
Seminar davomida mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarda tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish sohasidagi bilim madaniyatini shakllantirish, tabiiy ofatlar xavfini bartaraf qilish va ularning salbiy ta’sirini kamaytirish to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi.
Shuningdek, Buxoro viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan o’quv mashg’uloti ham o’tkazildi.