Mamlakatimizda har yili bahor va kuz faslida olib boriladigan “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida,  ko'chatlar va mevali daraxtlar ekilib, bog'-rog'lar tashkil etilmoqda.

  Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy  ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoniga start berildi.

 Unda Buxoro muhandislik-texnologiya instituti rektori Sadoqat Siddiqova ham ishtirok etib, ko'chat nihollarini yaxshi niyatlar bilan yerga qadadi.

  Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasini yanada ommalashtirishga urg‘u berilmoqda. Go‘zallik, yaratuvchanlik va kelgusi avlodga g‘amxo‘rlik ajdodlarimizdan bizga meros. An’analarning davomi esa borliqni asrash, ekologik muammolarni bartaraf etishda faollikni talab etadi.

  Ota-bobolarimiz bir daraxt kessang o‘nni ek deb bekorga aytmagan. Shu bois bugun Buxoro muhandislik-texnologiya institutida ham yakdillik bilan “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumiga start berildi. Dastlab mutaxassislar tomonidan mavsumni sifatli o‘tkazish, hududlarning tuproq va iqlim sharoitlariga mos daraxt va buta ko‘chatlari ekish, har bir ko‘chatni sug‘orish, parvarishlash masalasini hal etgach, uni qadash yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.