Nukus shahrida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining kengaytirilgan Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari, hududiy boshqarmalari rahbarlari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari va direktorlari ishtirok etishdi.

Hay’at yig‘ilishi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov raisligida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Farxod Ermanov ochib berdi.

Hay’at yig‘ilishida Prezidentimiz tomonidan 2024-yil 16-oktabrda imzolangan “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–158-son farmonida oliy ta’lim muassasalari va texnikumlar rahbarlari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalarning amalga oshirilishiga oid masalalar muhokama qilindi.

 Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Buxoro muhandislik-texnologiya instituti sektorlar bilan samarali hamkorlikni yo'lga qo'yganligini ta’kidladi.

 Shuningdek energetika bo‘yicha  transformator nimstansiyalarining texnik holatlarini tahlil qilish bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlar, viloyatda amalga oshirilgan ishlarimiz alohida e’tirof etildi.